Iqtisodchi Kundaligi kanalidan
Rossiya dunyo iqtisodiyotida muhim mamlakat emasligini yana bir bor ko’rdik.
Rossiya fond birjasini tarixiy qulashi sodir bo’lganinga qaramasdan, bugun dunyo bozorlari musbat raqamlar bilan yopildi. Tabiiyki, dunyoni 2% ham iqtisodiyoti Rossiyaga to’g’ri kelmagani uchun, Rossiyada tarixiy qulash sodir bo’lishi dunyo bozorida bir tomchidek narsa. Lekin ayrim tahlilchilarni mulohozasi va ayniqsa Rossiyadagi mulohaza, Rossiya qanchalik kichik mamlakat ekanligini unutib qo’ygandek ish tutishadi.
Masalan Rus banklariga sanksiyalar ham, dunyo moliya bozori uchun bir ko’rinadigan narsa emas.
G’arb o’zi uchun haqiqatdan og’riqli sanksiyalar - masalan Eron darajasida sanksiyalar (rus eksportiga taqiq) qo’llasagina, bu agressiyaga munosib harakat qilgandek bo’lar edi. Hozirgi sanksiyalar ancha yengil va g’arb uchun deyarli “bepul”.