NeoJadid kanalidan
Markaziy Osiyo tarixiga yaxlit nazar yetishmaydi. Mahalliy tarixchilar mintaqa tarixini o'z milliy kvartiralariga tashib ketib, bo'lib olganlar. Natijada, professional tarixchi bo'lmaganlar o'z tarixidan ozmuncha xabari bo'lsa ham, huddi shu payt qo'shnilarda nima bo'lganini, ichki va tashqi jarayonlar qanday bog'liq ekanligini uncha tushunmaydi.
Adib Xolidning yangi kitobida esa Markaziy Osiyo yagona, chambarchas bog'liq va tirik bir organizm sifatida taqdim etilgan. Kitobda tanazzulga uchragan ushbu organizmni 18 asrdan boshlab ikkita katta yirtqich, Rus va Xitoy imperiyalari talay boshlashidan tortib, to hozirgacha bo'layotgan voqealar qamrab olingan. Eng muhimi, mahalliy voqealar global perspektivaga qo'yilgan, dunyoda bo'layotgan jarayonlarga bog'langan.
Adib Xolid jadidlar bo'yicha yirik mutaxassis hisoblanadi. Uning "The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism" kitobi jadidlar borasida eng nufuzli manbadir. "O'zbekiston Tavalludi" kitobi esa hozirgi O'zbekiston aslida jadidlarning, hususan Abdurauf Fitratning "tasavvuridagi jamoa" ekanligi haqida.
"Central Asia: A New History from the Imperial Conquests to the Present" kitobini yuklab olish uchun havola.