18K83Telegramda ochish
Siz qurilish materiallari ishlab chiqarish biznesi bo'yicha zamonaviy bilim orttirmoqchi va dunyo tajribalarini o'rganmoqchi bo'lsangiz, "Tadbirkorlar maktabi" siz izlagan dargoh! 2 haftalik BEPUL mashg'ulotlar davomida mutaxassislar ushbu sohaning sir-sinoatlarini ko'rsatishadi, mini-zavod ochish yoki yirik loyihani amalga oshirish bo'yicha biznes-rejani tuzish, soliq, marketing va loyihaning huquqiy masalalarining barcha tafsilotlarini o'rgatishadi. Ta'lim yo'nalishlari: - devorbop qurilish materiallari; - fasadlar uchun pardozlash qurilish materiallari; - qoplamalar va pol qoplamalari; - issiqlik saqlovchi qurilish materiallari; - sement ishlab chiqarish. Shuningdek, bitiruvchilarga qurilish materiallari ishlab chiqarishni boshlashlarida konsultatsion yordam ko‘rsatib kelinadi. 📌 Loyihani ishga tushirishda o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash - bepul. Kursga onlayn arizani ushbu havola orqali, yoki +998 71 2549201 raqami (9:00dan 17:00gacha) orqali qoldirishingiz mumkin. Tadbirkorlar maktabi SQB tomonidan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin