Iqtisodchi Kundaligi kanalidan
So’z erkinligi cheklanishi haqidagi mulohozada, so’z erkinligi bu o’sha so’zni aytgan odamni erkinligini, o’sha odamni fundamental haqqidan mahrum qilish deb tushunishadi.
To’g’ri, so’z erkinligiga tahdid qilish yoki uni cheklash, so’zni aytgan insonning fundamental inson huquqini cheklashga teng.
Lekin, so’z erkinligini cheklash bu faqat o’sha bitta odamni gapirish huquqidan mahrum qilish bilan cheklanmaydi. So’z erkinligini cheklash, bu qolgan millionlab odamlarning o’sha so’zni “eshitish” huquqini cheklaydi.
Ya’ni so’z erkinligi chegaralanishi, bu faqat o’sha so’zni aytgan insonlarni huquqlarini cheklagan uchun yomon emas, balki boshqa millionlab odamlarni eshitish huquqidan mahrum qilinishi deb yomon.
Shuning uchun hatto bir kishini so’z erkinligini cheklash, potensial ravishda millionlab odamlarni haqlaridan mahrum qilishga teng.