“O’tgan umrim emas, kelajak umrim uvol bo’lmasin deb qadam tashlaganman” – tibbiyot oliygohini bitirib, ta’lim sohasida ishlovchi tadbirkor bilan suhbat
Ayrim yoshlarda oʻqishni tamomlab, diplom olganliklaridan soʻng, “kerakli xodim boʻla oldim”, degan notoʻgʻri tushuncha mavjud. Yana baʼzilar esa, oʻz tanlagan sohalari ular uchun emasligini anglab yetishadi. Oʻz mehnati va shijoati bilan maqsadlariga erishib kelayotgan, muvaffaqiyat egalari bilan ochiq suhbatlar tashkil qilayotgan eksklyuziv koʻrsatuv — “Osmondagi bolalar” loyihasining navbatdagi mehmoni, “Merit” xususiy maktabi hamda oʻquv markazi asoschilaridan biri, tadbirkor – Aziz Rahimov.
Loyiha mehmoni ham tibbiyot sohasida tahsil olgan boʻlsada, taʼlim sohasida samarali mehnat qilib kelayotgan insonlardan biri sifatida oʻzining yoshlar uchun asqatuvchi tavsiyalari bilan boʻlishganligiga koʻrsatuvni koʻrish davomida guvoh boʻlishingiz mumkin.
🎁 Videoni toʻliq koʻrib, Aziz Rahimov tomonidan maxsus sovgʻaga ega boʻlish imkonini boy bermang.
📌 Suhbat premyerasi bugun soat 19:30 da boʻlib oʻtadi.
Video linki: https://youtu.be/UTnhqdcMpUs
- https://youtu.be/UTnhqdcMpUsyoutu.be