10K24Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

Ikki qo’rquvim bor. Iqtisodiy xatar, bu fiskal ma’suliyatsizlik - borimizdan ko’p kerak emas narsalarga pul ishlatishimiz. Bunday miqdorda pul sarflashimiz eski paytdan beri rivojlanishimiz uchun katta to’siq bo’lib kelgan albatta. Lekin undan ham yomoni, daromadlarimiz oshmasdan, xarajatlarimiz oshishi, menimcha barqarorlik uchun ham yetarli xatar. Keyingi paytda davlat xarajatlarni oshishi (bu yerda davlat byudjeti emas, barcha davlat tashkilotlarini kvazifiskal xarajatlari ham kiradi) kelajakda yaxshi oqibatlarga olib kelmasligi mumkin deb o’ylayman. Ikkinchi xatar va asosiy qo’rquvim, erksizlik targ’ib qilinishi va jamiyatdagi sanoqli individual insonlardan boshqa hamma - erksizlikni yaxshi deb o’ylashi. Qizig’i, hatto o’zlarini erkinliklari kelajakda tahdid ostida bo’lgan insonlar va tashkilotlar ham - erkinlikka qattiq qarshi turishlari. Bu narsa albatta tushunarli. Lekin baribir ranjitadi. Erksizlik oqibatida yana ko’proq erksizlik kelishi meni qo’rqitadi va optimistik bo’lmagan fikrlarga olib keladi. Balki bu taqdirdir. Erkinlik deganda sizga yoqmagan fikr erkin yangrashi nazarda tutiladi. Erkinlik deganda jamiyatda hamma bir narsaga ishonsa, lekin hatto bir kishi boshqa narsaga ishonsa, o’sha yaqqol kamchilikda bo’lgan inson, ko’pchilikning zulmidan muhofaza qilinishi tushuniladi. Xuddi shunday, erkinlik deganda, kuchi yo’qlar, kuchi borlarni zulmidan himoyada bo’lishlari tushuniladi. Yana bir narsa: erkinlik bo’lsa - farovonlik bo’ladi degan fikr to’g’ri-ku, lekin erkinlik uchun kurashda yoki erkinlikni targ’ib qilishda, erkinlik bo’lsa - rivojlanish bo’ladi degan tezisni ishlatish noto’g’ri. Erkinlik bu maqsad, vosita emas. Biz erkinlik farovonlikka olib kelishi uchun unga intilishimiz kerak emas. Erkinlikni o’zi oliy maqsad bo’lgani uchun intilishimiz kerak. Niyatni to’g’ri qilish kerak deyishadiku. Agar farovonlikka erishish uchungina erkinlikni istasak, na faravonlik na erkinlikka erishamiz. Lekin agar erkinlikni maqsad deb olsak - unda farovonlikka ham erishishimiz aniq. Undan tashqari, qisqa muddatda, bir xil payt, erksizlik bo’lsa ham iqtisodiy o’sishni kuzatish mumkin, shu narsaga aldanib qolmaslik kerak. Oxirgi 20 yildagi tarixi shuni ko’rsatadiki, ayrim jamiyatlar, qisqa muddatdagi farovonlik oshgani uchun, erkinlikdan voz kechishdi, shunday narsaga yo’l qo’ygan jamiyatlar, hozirga kelib, ikkisidan ham mahrum bo’lishdi. Biz ham shu xatoni qilmasligimiz kerak. Erkinlik va faravonlik orasida tanlov, afsuski yo’q. Buyuklar aytganidek: erkinlikni vaqtinchalik barqarorlikka (стабильность) almashtirgan jamiyat, ikkisidan ham mahrum bo’lishi muqarrar. Shunday o’ylasa, birinchi masala - ya’ni fiskal xatarlar ham, qandaydir ma’noda erkinlik muammosi. Chunki, soliq byudjet siyosati ham erkin olib borilsa, barqaror moliyaviy xarajatlar qilinishi osonroq bo’lishi mumkin. Xullas erkinlikni maqsad deb bilmasak - kutilmalar pessimistik bo’lishi mumkin.

Arxivda shunga yaqin