12K11Telegramda ochish

Uzbekonomics kanalidan

Yaxshi tadbir ekan, kerakli, va foydali. Ijozatingiz bilan bitta narsa aytsam maylimi? Oldinroq aytmoqchi bo’lgan gapimni eslatib yubordi. Iltimos, va yana bir bor iltimos, shu tadbirni Botanika bog’ida qilmanglar. Botanika bog’ida umuman hech qanday ommaviy tadbirlar bo’lmasin. Qanchalik yaxshi niyat bilan, qanchalik muhim loyiha bo’lsa ham va tashkilotchisidan qat’iy nazar - bu ka’bi tadbirlar uchun shaharda betonlashgan joylar yetarlicha qurib tashlandiku. Festival, bayram, koncert, va boshqa ommaviy tadbirlar shu bog’da ko’payib ketdi. Toshkentdagi Botanika bog’i bu milliy meros. Tabiiy muzey. Hech bo’lmasa o’sha joyni shovqinli, ko’ngilochar joyga aylantirmaylik. Daraxtlar makoni, tabiatni o’z holiga qo’yaylik, yetar endi. Bog’ ma’muriyatidan so’rasangiz aytishadi, kelmang bu yerga deb, bu yerda har safargi tadbirlardan so’ng tabiatga shikast yetkazib ketilar ekan. @uzbekonomics

Arxivda shunga yaqin