Uzbekonomics kanalidan
Hozirgi Rossiya iqtisodiyoti bir rasmda.
Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina va prezident iqtisodiy maslahatchisi Maksim Oreshkin bugungi yig’ilishdagi ko’rinishlari… tushkunlik va go’yo dafn marosimidagi ahvol. Nabiullinani bir narsani o'zi ham tan olgandi - matbuot anjumanidagi kiyimi va atributikasi markaziy bank siyosati yo’nalishini bashorat qilishda qandaydir signal xususiyatiga ega, bozor ishtirokchilari buning tasdig’ini ko'rganlar. Bugun u o’sha qop-qora kiyimda chiqish qildi.
Umuman olganda, iqtisodiy blok uchun juda juda qiyin payt, ular albatta tushunib yetishyapti, mamlakat iqtisodiyoti qanday og’ir kunlarga kelib qolganini, va o’ylab topilgan urush avantyurasi naqadar mamlakat uchun qimmatga tushayotganini.
@uzbekonomics