





Navoiylik innovatorlar taqdirlandi!
Barcha viloyatlarda o`tkazilib kelinayotgan “Innoweek-2022” ko`rgazmasi doirasida yoshlar uchun 3 kunlik texnologik rivojlanish marafonlari ham o`tkazilmoqda.
Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkillashtirilayotgan ushbu marafonda barcha viloyatlardagi ixtirochi yoshlar, innovatsion mahsulotga ega yosh stratapchilar maxsus 3 kunlik kurslarda o`qitilyapti. Ularga viloyatning o`zidagi ishlab chiqarish korxonalariga texno-turlar tashkil qilinib, hasulot yaratilish jarayonlari bilan tanishtirilyapti.
Navoiy viloyatida o`tkazilgan ko`rgazma so`ngida “technoWays” marafonidagi eng yaxshi loyihalardan 3 tasiga eng so`ngi rusumdagi noutbuk va 3D printerlar berilyapti.
Bunaqa qo`llab quvvatlash yoshlarga yangi loyihalarni yaratish, biznes uchun yangi yechimlarni o`ylab topishga, o`z loyihasi orqali daromad toppish, yangi ish o`rinlarini yaratish uchun juda yaxshi motivatsiya bo`lib xizmat qilishi shubxasiz.