Mirkonomika kanalidan
Bojxona ittifoqidagi bitta davlatga sanksiya kiritib bo’lmasligi haqida
Yevropa ittifoqi Rossiyaga yordam berayotgan davlatlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilishi kutilmoqda. Umuman olganda, bunday holat bo’lishi boshidanoq ma’lum edi. Siz bitta bojxona ittifoqiga a’zo bo’lgan davlatlardan biriga sanksiya kiritasiz-u, keyin boshqa a’zo davlatlarning odobli bo’lib o’tirishini kutasizmi?
Bojxona ittifoqi mavjud ekan siz ittifoqqa a’zo bitta davlatni sanksiyalayolmaysiz. Siz yoki ittifoqqa a’zo davlatlarning hammasiga qarshi sanksiya kiritasiz, yoki hech qaysiniga. Ya’ni bojxona ittifoqiga a’zo bo’lgan bitta davlatga nisbatan sanksiya kiritish amalda bu sanksiyaning ishlamasligiga olib keladi.
Yevrosiya iqtisodiy ittifoqi amalda bojxona ittifoqi. G’arb mamlakatlarining Rossiyaga sanksiya kiritishi amalda ittifoqqa a’zo bo’lgan boshqa davlatlarga importni oshirdi va tovarlar Rossiyaga kirishdan to’xtagani yo’q.
Agar G’arb Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning ishlashini xohlasa, oxir oqibat Rossiya bilan ittifoqda bo’lgan barcha davlatlarga nisbatan sanksiya kiritishi kerak. Aks holda sanksiyalar to’liq ishlamasdan qolaveradi.