Uzbekonomics kanalidan
Tasodif bo'lsa kerak, lekin bu yerda (1, 2, 3) ketma-ket uchta yangiliklar qandaydir g'ayrioddiy testlar, tartiblar, yangi o'lponlar haqida ekan.
Aeroportda IMEI deb navbatda turishlar, qora bozordagi shapkalar yetmagandek, endi chetdan kelsa majburiy OIVga test joriy etilar ekan. Unga ham balki navbat va qog'oz. Aytgancha, agar inson chetda 2 oy va 28 kun bo'lsachi? U OIV bilan xavfli emas va majburan test topshirmaydimi? Bunga kim pul to'laydi? Oldindan aytaman, "bu tekin, davlat to'laydi" degan javob xato.
Bu kabi yangi tartiblarning (boj deb o'qilsin) salbiy tomoni haqida gapirilganda kamroq tilga olinadigan tarafi shundaki, bularni deb navbat va qog'ozbozlik ketidan puldan tashqari o'ta katta miqyosda odamlarning vaqti, energiyasi isrof bo'ladi. Shunga urg'u bermoqchiman.
Shaxsan men, ham vaqtimni ham pulimni ketqazishni istamayman. Har safar Toshkentga kelsam IMEI degan balo bilan to'qnashib kunimni shunga ketqazaman; o'ylab yuraman oldingi safar IMEI qilganmidim deb.
Menimcha, biz o'zimiz o'zimiz ochiqcha kelishib olishimiz kerak. Odamlarning yoki vaqtini olish kerak, yoki pulini. Ikkalasini emas. Shunga bir g'oya: "shunchaki boj" degan o'lpon yaratilib hech qanday sabablarsiz majburiy to'lov joriy etilsada, har oyda/chorakda/yilda ko'chada, metroda, aeroport chiqish eshiklari oldida odamlarga terminal tutib yechib olinsa. Shunda juda ko'p odamlarning vaqti tejalarmidi: sabab o'ylab topadiganlarning ham, qonun yozadiganlarning ham, yangi korxona registratsiya qiladiganlarning ham, tekshiruvchilarning ham, va albatta iste'molchilarning ham.
@uzbekonomics
- https://t.me/davletovuz/23346@davletovuz
- https://t.me/davletovuz/23348@davletovuz
- https://t.me/davletovuz/23349@davletovuz