Iqtisodchi Kundaligi kanalidan
Bozorlar erkinmi yo’qmi degan narsa haqida ko’p gapiriladi. Iqtisodchilar albatta bozorlar erkinlashuvining tarafdorlari. Bozorlar erkinligi, yoki erkin bozor albatta boylik va faravonlikka olib keladi. Erkin bo’lmagan bozor esa qashshoqlik va kambag’allika olib keladi.
Lekin bozorlar erkinligida bir nyuans bor, bir mamlakatda bozorlar erkinligi, o’sha yerdagi odamlar erkinligiga bog’liq.
Erkin bozorlari bo’lmagan mamlakatlarni barchasida, aslida insonlar erkin emas. Bozor esa shu erksizlikni aks ettiruvchi oyna.
Iqtisodiyot fan sifatida pul yoki bozorlarni o’rganadigan fan emas, iqtisodiyot insonlar va ularning hatti-harakatlarini o’rganadigan fan.
Shuning uchun ham iqtisodiy islohotlar insonnig erkinligini ta’minlashga qaratilmasa, hech qachon boylik va faravonlikka olib kelmaydi.
Tolstoyni gapida, “barcha boy va baxtli mamlakatlarda insonlar erkin”.