9.7K19Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

Bizni iqtisodiyot uchun eng kerakli va eng muhim islohotlardan biri, iloji boricha tezroq davlat xarajatlarini kamaytirish. Shu haqida oxirigi bir necha oy yozmay qo’yudim, mana yozdim. Ayniqsa, “iqtisodiy loyihalarni” moliyalashtirish, “strategik sektorlarga investitisya” kabi davlat xarajatlarini qisqartirish. O’qituvchi va hamshiralarni oyliklarini qisqartirish kerak emasligini hamma bilsa kerak. Umuman olganda, davlat xarajatlarini ikki barobarga qisqartirish degan reja qo’yilsa, bema’ni loyihalarni moliyalashtirish, va turli imtiyozlar kamayadi degan umidim ham yo’q emas. Lekin boshqa tomondan, siyosiy-iqtisodiyot modellari shuni ko’rsatadiki, davlat xarajatlarini kamaytirishga amalda kelinganda, aynan samarasiz loyihalar kesilishi ehtimoli past. Chunki loyiha manfaatdorlari qarorlar qabul qilinishiga ta’sir o’tkaza oladilar. Shuning uchun ham, soliq-byudjet siyosati, parlamentga o’tsa, davlat xarajatlarini tartiblashtirish va to’g’ri kamaytirish samaraliroq bo’larmidi deb o’ylayman.

Arxivda shunga yaqin