Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

Bozor iqtisodiyotida qiymat yaratagan inson, o’sha yaratilgan qiymatdan doim kamroq qismini ololadi.
Oddiy misol, qandaydir tovarga siz va yana yuz kishi, 10 ming so’m berishga tayyorsiz. O’sha tovar somsa bo’lsin. Somsapaz, somsasini 5 ming so’mga sotyapti. Natijada somsapaz 500 ming so’mni o’zi uchun ishladi, lekin jamiyat uchun million so’mlik qiymat yaratdi.
Xuddi shunday, yangi koronavirusga qarshi vaksina o’ylab topgan tadbirkor Ugur Sahin tahminan 5 milliard dollar ishlabdi. Besh milliard albatta katta miqdor, lekin Sahin boshchiligida yaratilgan iqtisodiy qiymat trillionlab dollarda o’lchanadi. U esa shu trillionlab dollarlik qiymatni atigi 5 milliardini olishga muyassar bo’libdi.