11K29Telegramda ochish

Mirkonomika kanalidan

Tolibon harakati Afg’onistonda yana faollashdi bu tendensiya mamlakatimizga iqtisodiy jihatdan qanday ta’sir qilishi mumkin? Tolibon harakati Afg’onistonning bir nechta hududlarini egallab oldi va mamlakatda notinch vaziyat hukm sura boshladi. Xo’sh, janubiy qo’shnimizda notinchlikning kuzatilishi bizga qanday iqtisodiy xatarlar uyg’otishi mumkin? Notinchlik faqat Afg’oniston ichida bo’lishiga qaramasdan, bu notinchlik mamlakatimiz uchun to’g’ridan-to’g’ri salbiy ta’sirlar bilan birga mintaqadagi noaniqlikning oshishi ortidan bir nechta qo’shimcha salbiy iqtisodiy oqibatlar olib kelish ehtimoli yo’q emas. Birinchi navbatda mamlakatimizning Afg’oniston bilan savdo aloqlariga e’tibor qaratish lozim, oxirgi yillarda Afg’oniston bilan savdo aloqari jadal rivojlanib bormoqda. Masalan 2020-yil inqiroz bo’lishiga qaramasdan Afg’oniston savdo aylanmasi 2019-yilga nisbatan oshgan kam soni hamkor davlatlardan biri bo’ldi. 2020-yilda Afg’oniston bilan tashqi savdo aylanmasi 776 mln dollarni tashkil etib 2019-yilga nisbatan 25% o’sish kuzatildi. Toqqoslash uchun, Rossiya, Xitoy hamda Turkiya bilan savdo aylanmasida 2020-yil davomida 16% ga kamayish kuzatildi(Qozog’iston bilan 10% kamayish). Ya’ni pandemiya natijasida inqiroz kuzatilgan yilda deyarli barcha savdo hamkorlarimiz bilan savdo aylanmasi hajmi qisqarganiga qaramasdan Afg’oniston bilan savdo aylanmasi sezilarli oshgan(kam sonli davlatlar qatori). 2021-yil davomida ham savdo aylanmasi yana tiklanishni boshlaganiga qaramasdan asosiy hamkor davlatlar bilan eksportning tiklanishi ancha sekin kechmoqda import esa inqirozdan oldingi darajga chiqib ulgurdi. Afg’oniston bilan esa, eksport hajmi asosiy savdo hamkorlaridan farqli ravishda ancha tez tiklanishga erishdi. Masalan joriy yilning 5 oyida Afg’onistonga eksport hajmi 2019-yilning mos davridagi darajadan 37% ga ko’proq ko’rsatgichni nomoyon qildi, ya’ni inqirozdan chiqishda Afg’oniston savdo hamkori sifatida boshqa davlatlarga nisbatan ahamiyatini ancha tez oshirib bormoqda, ayniqsa asosiy savdo hamkorlarimizga eksport hajmi tiklanishi ancha qiyin kechayotgan bir davrda. Aynan mana shunday savdo hamkorligi tez suratlar bilan rivojlanayotgan bir vaqtda Afg’onistonda yana notinchlikning boshlanishi ikki davlat o’rtasidagi savdo aloqalarining yana uzoq vaqt muzlab qolishiga yoki yanada yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Xorijiy investitsiyalar. 2016-yilgi katta umidlarga qaramasdan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda ularning mamlakatda faoliyatini ta’minlash O’zbekiston uchun katta muammoligicha qolmoqda. Ya’ni mamlakatdagi tizmli muammolarining mavjudligi investitsiyalar oqimiga salbiy ta’sir qilishi bilan birga kirib kelgan investitsiyalarning ham mamlakatda muqim faoliyat yuritishiga katta to’siq bo’lmoqda. Mamlakatdagi ichki muammolarning ustiga Afg’onistonda doimiy notinchlikning paydo bo’lishi xorijiy investitsiyalar oqimiga salbiy ta’sir qilishi turgan gap. Ya’ni investorlar O’zbekistonga investitsiya olib kirish riskini yana oshirishadi. Mintaqadagi bunday siyosiy vaziyat eng kamida xorijiy investitsiyalar oqimining yillik o’sishini sekinlashtirishi ehtimoli yuqori. Ichki iqtisodiy muhit. Qo’shni davlatda notinchlikning kuzatilishi mamlakat ichkarisidagi iqtisodiy qatnashchilarning ham qarorlariga ta’sir qilmasdan qolmaydi albatta. Birinchi navbatda mamlakat ichidagi iqtisodiy qatnashchilar ham mamlakatning kelajakdagi barqarorligiga pastroq baho bera boshlaydi(yoki notinchlik riski oshadi). Bunday noaniqiklar esa, oxir oqibat umumiy iqtisodiy o’sishga salbiy ta’sir qiladi. Yuqoridagi oqibatlardan tashqari, tinch Afg’oniston O’zbekiton uchun boshqa janubiy davlatlarga xususan dengizga chiqish imkoniyatini berishi mumkin bo’lgan eng qulay muhit hisoblanadi. Afg’onistonda notinchlikning hukm surishi esa, bir nechta davlatlar bilan savdo aloqalarining yanada osonlashishiga to’sqinlik qilishi bilan birga mamlakatimizning dengizga chiqish imkoniyati va orzusini ham yo’qqa chiqarishi mumkin(yoki yana kechiktiradi). @Mirkonomika

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin