2092Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

Virus bu yangi Chernobil. Chernobil halokatidan keyin, Sovet hukumati 1 may kuni Kievda paradni toʻxtatmagan. Aksincha, paradda qatnashish uchun yuzlab maktab bolalarini qoʻllariga gul tutqazib, avariya hajmini odamlar koʻzida kichiklashtirishga uringan. Odamlar avariyani jiddiy narsa deb oʻylashmasligi uchun paradni koʻtarinki ruhda oʻtkazishga urinishgan. Tasavvur qiling, dunyo tarixida eng katta avariyadan 4 kundan keyin, mamlakatdagi uchinchi eng katta shaharni paradga olib chiqishgan. Nima uchun bu Vuhanni eslatyapti? Xabarlarga koʻra, Vuhanda ham virus tarqalishiga oid xabarlarni hukumat berkitishga astoydil harakat qilgan. Virus haqida bong urgan doʻktorlarni ustidan ishlar ham ochilgan, doʻktorlar qoʻrqitilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda virus haqida yozmoqchi boʻlganlarga ham choralar koʻrilgan. Masalan, birinchi boʻlib WeChat guruhida yozgan doʻktorga Kommunistik partiya intizom choralarini koʻrgan. Doʻktorlarni eshitish oʻrniga, ularni “gapirgani uchun”, jazolashgan. Lekin qizigʻi, xalqni va oʻzidan tepadagilarni aldash uchun, Vuhan hokimi 40 ming kishi yigʻilib bayram nishonlanishiga bosh boʻlgan. Yanvardagi nutqida, hammasi yaxshiligi, partiya va uning rahbarlari qilgan ishlari haqida gapirib, virus haqida umuman gapirmagan. Yaʼni u virus tarqalayotganini bir oy oldin bilgan, lekin shahar markazidagi bayramlarni baribir oʻtkazgan. Bunday yuqumlik kasallik tez tarqalishi uchun 40 ming kishi birga ovqatlanish imkoniyatini ta'minlab bergan. Hukumat epidemiyani dastlabki bosqichlarda yashirgan sababli, kasalxonalar zaruriy narsalarni yigʻa olmadilar, yaʼni boshida, kasalxonalarda kerakli testlar, niqoblar va himoya vositalarining katta yetishmovchiligi yuzaga keldi. Epidemiya kabi inqirozlarni boshlanganini berkitish, avtoritar mamlakatlarga xos narsa. Birinchidan, ierarhiyadagi hokim va vazirlar shunday narsalar ustidan masʼuliyat olishga qoʻrqishadi. Ikkinchidan, avtoritar tizim oʻz xalqiga doimo boshqarish sifati yaxshiligi afsonasini koʻrsatib kelishi zarur, shuning uchun ham, hatto markaziy hukumat xatolarini berkitishga qiziqadi. Xuddi Chernobilda boʻlganidek. Uchinchidan, avtoritar davlatlarda, shu jumladan Xitoyda epidemiya berkitilishining sabablaridan biri, bu jurnalistika va javobgarlikni taʼminlaydigan ijtimoiy media, nodavlat tashkilotlari kabi institutlar juda cheklaganligidan. Yaʼni toʻgʻri axborotni tarqatish imkoni juda qiyin. Shuning uchun ham avtoritar tizimlarda koʻpincha notoʻgʻri qarorlar qabul qilinadi. Ya'ni avtoritar tizimlarda qarorlarni qabul qiluvchilar aniq maʼlumotga ega emaslar: mustaqil ovozlar erkin boʻlmasa, qaror qabul qiluvchilar faqat xushomadgoʻylik va optimistik gaplarni eshitishadi. Ma'lumotlar sifati yaxshi bo'lmasa qarorlar ham yaxshi bo'lmaydi. Shuning uchun ham, avtoritar tizimlardagi juda qudratli kuch ishlatish tizimlari mavjud boʻlsa-da, axborotni qaror qabul qiluvchilarga yetkazish qiyin bo'lib qolaveradi. Chernobil hodisasida ham, KGB axborotni berishni oʻrniga yashirishga koʻmaklashgan. Agar ularda erkin jurnalistika boʻlganida, PolitByuro ancha oldin qaror qabul qilishi imkoniyatiga ega boʻlardi. Xitoyda ham, kuch ishlatish oʻrganlari, axborot tarqatuvchilar bilan kurashib yurdi. Xullas, virus chet elga yetib kelmagunicha, Xitoyda virus tarqalishi uchun hech narsa qilishmadi. Aksincha, uni berkitib, tez tarqatilishiga yoʻl qoʻyishdi. Chernobilda ham Yevropa mamlakatlaridagi ma'lumotlar orqali avariya hajmi haqida bilishgan edi. Sababi, oddiy: avtoritar tizimlarda senzura kuchli. Shuning uchun ham avtoritar tizimlarni oʻrganadigan olimlar shu tizimlarning axborot berkitishi tomonlarini oʻrganishadi. Inqirozlar asoratlari esa juda katta bo'ladi. Aytmoqchi, hozir Xitoy virus g'arbdan kelgan deb AQSh armiyasini ayblovchi bo'lmag'ur fitnalarni targ'ib qilyapti.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin