Mirkonomika kanalidan
Andijon tajribasi
Joriy yilda Andijonda jami 470 mingta ishchi o’rni yaratilishi reja qilinayotgan ekan. Rasmiy statistikaga ko’ra viloyatda jami 139 mingta( mehnatga layoqatli aholining 9,9% i) ishsiz mavjud. Ya’ni joriy yilda yaratiladigan ishchi o’rinlari ish izlab yurganlar sonidan 3,4 barobarga ko’proq. Agar iqtisodiy nofaol aholini(mehnat resurslari tarkibida lekin iqtisodiy faol aholi tarkibida bo’lmaganlarni) qo’shib hisoblaganimizda ham 2023-yilning so’ngiga borib Andijonda bironta ishsiz odam qolmasligi kerak.
Albatta yaratilishi reja qilinayotgan ishchi o’rinlari tarkibida mavsumiy harakterga ega bo’lgan ishchi o’rinlari ham mavjud. Lekin mavsumiy harakterga ega bo’lgan ishchi o’rinlarini chiqarib tashlagan taqdirimizda ham joriy yilda 195 mingta ishchi o’rni yaratilishi kerak. Bu ko’rsatgich ham hozirgi ishsizlar sonidan(139 ming) sezilarli darajada yuqori. Agar iqtisodiy nofaol aholi tarkining bir qismi ish izlashni boshlagan taqdirida ham joriy yilda viloyatda ishsizlik butunlay yo’qolib ketishi kerak bo’ladi. To’g’ri, ba’zi mavjud ish o’rinlari yo’qolib u yerdan bo’shagan insonlar yangi ish o’rinlarga ko’chib o’tishi mumkin lekin shunda ham berilayotgan raqamlarni hech bir sog’lom mantiqqa sig’dirib bo’lmaydi.
Xullas real hayot bilan qog’ozdagi raqamlar uzoqlashishda davom etmoqda. Men o’ylaymanki, bu ketishda huddi eski davrdagi kabi beriladigan raqamlar bilan haqiqiy hayot o’rtasidagi bog’liqlik butunlay yo’qoladi.
@Mirkonomika