Mirkonomika kanalidan
Hozirgi hokimlar bilan bozorga asoslangan iqtisodiyot qurib bo’lmaydi.
Nima uchun non pishiradigam odamlar soni kamayib borayapti. Chunki daromad oshgani sari odamlar vaqtining narxi oshayapti hamda ular uchun endi qanchadir vaqtini sarflab non qilishdan ko’ra uni sotib olish arzonroq bo’lib borayapti. Yoki nima uchun odamlar qaysidir kasblarni ko’proq tanlashayapti-yu boshqalarini kamroq. Chunki odamlar axmoq emas, ular yuqoriroq qaytim beradigan sohani egallashga harakat qiladi. Agar ana’naviy kasblar yuqori qaytim berganda, tabiiyki ko’proq odamlar nonvoy, “svarchik” yoki shunga o’xshagan boshqa kasblarni tanlashga harakat qilayotgan bo’lar edi.
Odamlarda ana’naviy bilimlarning yo’qolib ketayotganligi aslida muammo emas. Chunki odamlar o’zlarining sohasiga ko’proq ixtisoslashmoqda hamda boshqa mashg’ulotlarga vaqt sarflashdan ko’ra(masalan non pishirish) ularga o’z ishini qilib non sotib olish qulayroq va arzonroq.
Aksariyat hokimlar bozor, alternativ xarajatlar, narx degan tushunchalar haqida eshitishmagan ham bo’lsa kerak. Ular uchun yagona mafkura ma’muriy majburlash va buyruqbozlik. Hozirgi hokimlar bilan O’zbekistonda zamonaviy bozorga asoslangan iqtisodiyot qurib bo’lmaydi. Ular bilan faqat buyruqbozlikka asoslangan ana’naviy iqtisodiyot qurish mumkin xolos.
- https://t.me/davletovuz/17285@davletovuz