18K130Telegramda ochish

Mirkonomika kanalidan

Joriy yilda byudjet sohasi vakillari, xususan, ta’lim sohasi vakillarining ish haqi 7 foizga oshirildi. Sentabr oyida esa yana 10 foizga oshishi kutilmoqda. Boshqacha aytganda, joriy yilda ta’lim sohasidagi hodimlarning ish haqi taxminan 3,2 mlnga yetadi(yillik nominal o’sishi 17,7 foiz). 2030-yilga borib o’qituvchilarning oylik maoshi 2023 yil bilan taqqoslaganda ikki barobar o’sib, 6,4 mlnga yetishi uchun, ish haqining yillik nominal o’sishi taxminan 10 foizni tashkil etishi kerak. Aytish joizki, bu ko’rsatgich so’ngi 6 yil bilan taqqoslaganda eng past ko’rsatgich bo’ladi. Agar Markaziy bank 2024-yildan inflatsiyaning o’rta muddatli maqsadli 5 foizlik ko’rsatichiga erishsa unda ta’lim sohasi vakillarining real daromadining o’sishi kelasi 7 yilda yillik 4-5 foizni tashkil etishi mumkin. Ammo inflatsiya hozirgi darajada saqlanib qolsa, unda o’qituvchilar keyingi 7 yilda real daromad o’sishini deyarli ko’rmaydi.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin