Iqtisodchi Kundaligi kanalidan
Mashhur kompyuter olimi Skot Aronsonning blogida qiziq narsa oʻqidim. Oddiy qilib aytganda, nima uchun olimlar haqiqat uchun oʻzlarini xavf ostiga solmasliklari kerakligi haqida. Misolni qiziqligi, Aronson buni “Kolmogorov Tanlovi” deb nomlabdi. Buyuk Kolmogorov shunday yoʻl tanlagani, barcha unga oʻxshagan sharoitdagilar uchun saboq boʻlishi kerak deyapti Aronson.
Oʻqishni tavsiya qilaman. Bu kanal albatta kundalik, shuning uchun ham bu maslahatni avvalo oʻzim uchun olishim kerak degani. Xulosa bitta - ijtimoiy tarmoqlarda aktivlikni keskin kamaytirishim kerak degani. Aronson aytyapti, Kolmogorov qo'lidan kela olmaydigan narsalar haqida ommaga gapirmagan. Menimcha, Kolmogorovdan aqlli odamlar yer yuzida kam yashagan, shuning uchun Kolmogorov tanlovi juda hikmatli yo'l.
- https://www.scottaaronson.com/blog/?p=3376scottaaronson.com