9.9K17Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

Bu grafikni Vashington postdagi bu maqoladan oldim. Muallifni fikriga koʻra, politsiyaga xarajatlar va politsiyachilar soni bilan jinoyatni orasida bogʻliqlik yoʻq ekan. Maqolada quyidagi argument bor, politsiyaga boʻlgan xarajatlar bilan jinoyat bogʻliq emas, demak, xarajatlarni kamaytirsak boʻladi. Shuning uchun oʻylaymanki, statistikani hamma oʻqishi kerak. Men oʻzim bir necha marta guvohi boʻlganman, hatto doktor darajasida ilmiy unvoni bor odamlar bogʻliqlik bilan sabab oqibatni farqlay olishmaydi. Bu albatta achinarli. Eng koʻp shu xatoni, AQShdagi yuristlar yoki Oʻzbekistondagi iqtisodchilardan eshitganman. Tasodif, korrelyatsiya bu, inson bazaviy statistika bilmasligi bilan ilmiy unvoni yoki mutaxassisligi bogʻliq emas.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin