4232Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

Ayollar haqlari haqida bir qiziq narsaga koʻzim tushdi. Misrda, BMTning tadqiqotlariga koʻra, 99% ayollar umri davomida jinsiy tajovuzga uchrashadi. Bu dunyodagi eng katta raqamlardan. Yaqin sharqdagi koʻpgina davlatlarda ham shunday ahvol. Gʻarbda ham bu katta muammo, masalan AQShda, har xil hisoblarga koʻra, bu raqam 20% atrofida. AQSh bu masalada gʻarb davlatlari ichida peshqadamlardan. Umuman, agar shu mavzuga qiziqsangiz, Misr va Pokiston kabi davlatlarda bu masala juda ogʻriqli, oʻqib koʻrsangiz boʻladi. Misrda bu katta muammo ekanligini koʻpchilik bilsa kerak deb o'ylayman, masalan Tahrir maydonning oʻrtasida zoʻrlanganliklar kabi narsalar dunyoni larzaga keltirgan edi. Lekin bu yerda men sal boʻlsa ham yaxshi yangiliklar bilan boʻlishmoqchiman. Misrning eng mashhur dargohlaridan biri, Al- Azhar, mamlakatdagi jinsiy tajovuz masalasida bayonot chiqaribdi. Al-Azhar bayonotini sababi, yaqinda Misrdagi bir boy oiladan chiqqan lekin juda koʻp ayollarga tajovuz qilishga ulgurgan bola ishi toʻgʻrisida. Oʻsha Al-Azhar bayonotida bunday soʻzlar ham bor: “Ayolning kiyimi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, uning shaxsiy hayoti, erkinligi va qadr-qimmatiga tajovuz qilish uchun bahona emas” (“Womenʼs clothing – whatever it may be – is not an excuse for attacking her privacy, freedom and dignity,”) Umid qilamizki, Misrdagi shunchalar ommalashib ketgan jinsiy tajovuzliklar soni kelajakda kamayadi, men 99% foizni ko'rib, to'g'risi qo'rqib ketgan edim.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin