Iqtisodchi Kundaligi kanalidan
Birinchi olti kunda 49600 ta vaksina qilinibdi. Agar shu suratda emlash davom etsa va bir odam ikki marta emlanishi kerak boʻlsa, yigirma millionta odamni emlash uchun, 4839 kun kerak boʻladi. Bu 13 yildan koʻp muddat.
Oʻzbek-Xitoy vaksinasini esa uch marta qilish kerakligini hisobga olsak, aholini emlash uchun undan ham koʻp vaqt kerak boʻladi.
Emlash suratini bir necha oʻn barobar tezlashtirmasak boʻlmaydi. Agar kuniga hozirgidan 2500% ga koʻproq odamni emlasak, 20 million odamni emlashga yarim yildan koʻproq vaqt talab etadi.
Vaksinalarni tez tarqatish — jamiyatimiz oldida eng muhim muammo.