Mirkonomika kanalidan
Oxirgi 30-yilda Gruziya hamda O’zbekiston( jon boshiga daromad bo’yicha)
So’ngi kunlarda Gruziya haqida ko’p gapirilayapti, keling Gruziyaning iqtisodiy holati qanday o’zgarganligini ko’rish uchun jon boshiga daromadning o’zgarishini yillar kesimida O’zbekiston bilan taqqoslab ko’ramiz.
1990-yilda Gruziyada jon boshiga o’rtacha YAIM hajmi 1614 dollarga teng bo’lgan. O’zbekistonda esa bu ko’rsatgich 651 dollarga teng bo’lgan. Oradan 30-yil o’tib O’rtacha Gruziyalikning daromadi 4697 dollarga yetdi, o’rtacha o’zbekning daromadi esa 1724 dollarga(2019). O’tgan 30 yilda o’rtacha o’zbekning daromadi 2.6 marta oshgan bo’lsa(yillik 3.2% o’sish), o’rtacha gruziyalikning daromadi esa 2.9 marta oshgan(yillik o’rtacha 3.6% o’sish). Ko’rib turganingizdek daromadlar o’zgarishi ikki davlatda bir biriga juda yaqin. Ya’ni daromadlarning 30 yildagi o’rtacha o’zgarishiga e’tibor qaratsak, Gruziya boshqa Sovet davlatlari, xususan O’zbekiston bilan taqqoslaganda ham juda tez o’smaganligini ko’rish mumkin, xo’sh unda Gruziya mo’jizasi qayerdan kelgan?
Sobiq Ittifoq parchalangandan keyin, yangi tashkil bo’lgan respublikalarning deyarli barchasi ilk yillarda inqirozni boshidan kechirgan. Xususan, Gruziyada jon boshiga daromad 1994-yilga kelib 1614 dollardan 519 dollargacha pasayib ketgan, yoki 1994-yilga kelib jon boshiga daromad 68%(!) ga pasaygan. O’zbekistonda esa jon boshiga daromad 576 dollargacha pasaygan, ya’ni 1990-yil bilan taqqoslaganda 12% pasayish kuzatilgan.
Agar aholi jon boshiga daromadning qanday o’zgarganligini 1994-2019-yillar oralig’i uchun taqqoslasak, Gruziyada jon boshiga daromad oxirgi 25 yilda 9 marta oshgan yoki jon boshiga daromadning yillik 9.5% lik o’sish ko’rsatgichi. O’zbekistonda esa jon boshiga daromad 1994-yildan buyon 2.9 marta oshgan, yoki jon boshi daromadning yilik 4.5%lik o’sish ko’rsatgichi.
Mustaqilikning ilk yillarida juda yirik inqirozni boshidan kechirishiga qaramasdan Gruziya keyinchalik juda yuqori suratlar bilan o’sishga erishgan kam sonli Sobiq Ittifoq davlatlaridan biri hisoblanadi. Masalan, O’zbekiston bilan taqqoslaganda oxirgi 25-yilda jon boshiga daromadning yillik o’sish tezligi O’zbekistonga nisbatan ikki marta tezroq ko’rsatgichni nomoyon qilgan.
@Mirkonomika