"Ha, majlis qilganlarga qizil ikra yoqadi"
Faxriddin Tagaev yozayapti:
"Farhod bozorida 240 ta arava mavjud, undan 110 talari rasmiy, qolgani norasmiy. Tekshiruv kelsa, norasmiylari ishga chiqmaydi. Endi aravaning asl tannarxi 600-800 ming so'm turadi. Shu aravaga har kuni 25 000 so'mdan patta tolashadi; bitta aravaga 25.000*300 kun=7.500.000 so'm yillik!
Hamma arava 7.500.000*240= 1 800 million so'm.
Aravakashning 15 ming yotoqqa, 40 ming yeb-ichishga va 10-20 ming kunlik xarajati bor. Kuniga zo'rg'a 100 ming orttirishadi.
Ochig'i shu bozorlarni o'ta isloh qilishga muhtojlik bor. Oq halat kiygan gadoylar alohida mavzu!
Ha, majlis qilganlarga qizil ikra yoqadi".