3197Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

Kutilgan natijalar ruknidan: Savdoni erkinlashtirish, iqtisodiy oʻsish tezlanishiga olib kelar ekan. Tadqiqotda 150ta mamlakatning, 1995-2015 yillargacha savdoga boʻlgan toʻsiqlari va iqtisodiy oʻsish orasida bogʻliqni oʻrganib chiqishgan. Natijalar kutilganidek, yaʼni savdoni erkinlashuvi iqtisodiy oʻsish suratini oshirar ekan. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston savdo toʻsiqlari boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardan. Deyarli butun tariximiz davomida barcha iqtisodiy sohalarni “qoʻriqlab” kelganimizga qaramasdan, juda kam raqobatbardosh narsalarni ishlab chiqaramiz. Natijada, katta savdo toʻsiqlarga ikki usulda toʻlaymiz. Birinchisi, aholimiz hamma isteʼmol qiladigan narsalari uchun keragidan koʻproq toʻlashga majbur. Bu yerda “hamma narsani” deganim xato emas. Qarang, agar bir narsaga savdo toʻsigʻi, yaʼni boj qoʻyilsa, u boshqa narsalarni narxini ham oshiradi. Masalan, agar qurilish materiallari va uy jihozlariga boj qoʻyilsa, qurilish ham qimmatroq boʻladi, bu degani, hattoki ingliz tili oʻrgatadigan markazda ham narxlari keragidan qimmat boʻladi, axir ular ham remont qilgan va mebel olgan, remont va mebelga ketgan xarajatlari oʻsha darsni narxida boʻladi. Ovqatxonada ham shu. Va boshqa ixtiyoriy tadbirkorlik subyektida. Masalan kompyuter uchun moslamalar, yoki yozda konditsioner qimmatligi, ofisda oʻtiradigan dasturchi programistlarni narxida boʻladi, yaʼni ular ham oʻsha qimmatga kelgan mehnat qurollarini narxini chiqarishi kerak. Menimcha tushuntira oldim, nima uchun ozgina tovarlarga boj qoʻyish ham, boshqa hamma narsani narxini qimmatlashtiradi. Bojlarimiz kattaligi isteʼmolchilarimiz hamma olgan narsalari uchun, boshqa mamlakatlardan qimmatroq, toʻgʻrirogʻi, boʻlishi keragidan ortiqroq toʻlashga majburlar. Bojlardan tashqari byurokratik toʻsiqlar ham bor, bunda ham biz dunyo yetakchilaridanmiz Jahon Banki reytingiga koʻra 152chi oʻrinda. (Shu haqida batafsilroq meni gazeta.uz uchun maqolam.) Yaʼni savdo qilish, eksport import protseduralariga qancha vaqt ketishi boʻyicha biz shu oʻringa egamiz. Buni ustiga, bizni okeanda uzoqligimiz, transport xarajatlarini nihoyatda yuqori qilib qoʻygan, yaʼni tabiatan bizga dunyo bilan savdo qilish qimmat. Birinchi ikkita narsani oʻzimiz paydo qilganmiz, uchinchi omil -tabiat, uni oʻzgartirib boʻlmaydi. Lekin shu uchala omil bizda savdo qiyinligi, va buning evaziga odamlarimiz olayotgan mahsulotlariga keragidan ortiq pul toʻlashi albatta achinarli va ayanchli desa ham boʻladi. Ikkinchi to'lovimiz iqtisodiy o'sish sustligi. Ya'ni shu istemolchilar qiynalishi evaziga iqtisodiyot uchun plyuslari bormi, yaʼni odamlar qiynaladi, lekin evaziga nimadir olishyaptimi degan savolga, tadqiqot shuni koʻrsatadiki, savdoga toʻsiqlar iqtisodiyot oʻsish suratini sekinlashtiradi. Yaʼni oʻsish bilan savdoga toʻsiqlar orasida bogʻliqlik qarama qarshi. Oʻzi bunday narsa boʻlishi nazariyada ham ayon — buni bilish uchun 150ta mamlakatdagi savdoni 20 yillik jadvali ham kerak emas, lekin bilib qoʻyganimiz ham yaxshi. Nima uchun unda bir xil mamlakatlarda savdoga toʻsiqlar bor degan savolga siyosatshunoslar zoʻr javob berishadi: chegaralangan savdodan tor doira odamlar manfaatdor, ochiq savdodan esa butun xalq manfaatdor, tor doiralar oʻzaro kelishib olishi ehtimoli butun xalq kelishib olish ehtimolidan karra baland. Arifmetika oddiy, butun xalq uchun o'sha tor doiralar chegaralangan savdodan olayotgan foydasini to'lash, savdoni cheklashdan ko'ra arzonroqqa tushadi, lekin uni qilish uchun tranzaksion xarajatlar juda baland. Shu haqida batafsilroq meni gazeta.uz uchun boshqa maqolam.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin