Iqtisodchi Kundaligi kanalidan
Oʻzbekistonda kambagʻallik raqamlari.
Bir narsaga koʻzim tushdi, Oʻzbekistondagi Sovet Paytidagi kambagʻallik raqamlariga: 1989 yildagi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonning 43.6% kambagʻal boʻlgan. Kambagʻallik chizigʻi uy xoʻjaligi daromadi 75 rubldan pastroq darajada belgilangan.
Branislav Milanovichni tadqiqotlariga qarasangiz, raqamlar sal boshqacharoq. U oʻz hisoblarida kambagʻallik darajasini kishi boshiga oyiga 120 xalqaro dollar (International Comparison Project -PPP) darajasida belgilagan.
Agar shu raqamlardan foydalansa, unda Oʻzbekistondagi 1988 yildagi kambagʻallik darajasi 24%, va 1993-1995 yillarda esa 63%.
Yaʼni Oʻzbekistonliklarni 63%, 1993-1995 yillarda xalqaro standartlarga koʻra kambagʻal boʻlishgan.
Bundan keyin, kambagʻallik yana uch marta oʻlchangan: 2000, 2002 va 2003 yillarda.
Shunda kambagʻallik darajasi kunlik xarajati 1.9$ (2011 PPP)dan kam deb belgilangan.
Shu mezonlarga koʻra, Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi:
2000 — 62%
2002 -58%
2003 -62.1%
Bu qanday hisoblangani haqida bu yerda batafsilroq.
Qizig’i, 1993 yildan 2003 yilgacha O’zbekistonda kambag’allik kamaymagan: 63% dan 62.1 % ga tushgan holos.
2003 yildan keyin, shu oʻlchamga koʻra, bizda kambagʻallik hisoblanmagan.
Endi boshqa maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda 2019 yilda, ishi bor, lekin shunda ham kambagʻallik darajasida yashaydiganlar soni 27.1% (2019) deb topildi.
Eslatib oʻtaman, Oʻzbekistonda 5.5 millionta odam rasman ishi bor deb hisoblanadi. Tushunishim boʻyicha, oʻsha ishlaydigan 5.5 milliondan 27,1% kambag’al deb hisoblangan. Bu yerda ham kambagʻallik darajasi kunlik xarajati 1.9$ (2011 PPP) deb belgilangan.
Xullas, 2003 yildan beri umumiy kambagʻallik darajasi hisoblanmagani, albatta yaxshi emas. Umid qilamizki, kelasi yillarda kambagʻallik statistikasi Jahon banki standardlariga ko’ra hisoblanadi. Oxirgi maʼlumotlar, yaʼni 2003 yildagi 62.1% oʻzgargan boʻlishi kerak deb o’ylayman.
Agar kambagʻallik haqida boshqa maʼlumotlar bilsangiz, izoh qoldiring:
- https://telegra.ph/file/947e95f5efa2902a841a6.jpgtelegra.ph
- https://www.oecd-ilibrary.org/development/central-asia-since-1991_738202560358oecd-ilibrary.org
- http://documents1.worldbank.org/curated/en/229251468767984676/pdf/multi-page.pdfworldbank.org
- https://data.worldbank.org/indicator/SI.POV.DDAY?locations=UZworldbank.org
- http://iresearch.worldbank.org/PovcalNet/home.aspxworldbank.org
- https://www.adb.org/sites/default/files/publication/521981/ki2019.pdfadb.org