10K36Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

​​Tashqi siyosiy aloqalar haqida eng zoʻr yozadiganlardan biri, menimcha Bruno Makayesh, sobiq Portugaliya hukumati vaziri, Harvarda, Harvi Mansfildning qoʻlida siyosiy nazariya boʻyicha dissertatsiya yoqlagan. Xullas, menga fikrlari qiziq koʻrinadi. Iyun oyida uni kitobi oʻqiyapman degan edim. “Yevrosiyo Uygʻonishi” (the Dawn of Eurasia) kitobida, Makayesh, Yevropa va Osiyo bir kontinent boʻlib qolayotgani va mintaqa kelajagi haqida fikrlari bilan oʻrtoqlashgan. Hozirgi Armaniston va Qorabogʻ haqida va muhimi bu konfliktda Rossiyaning aralashuvi haqidagi qismi (kitob 2017 yilda chiqqan): “Yerevandagi hukumat har doim qoʼshilishni istamasligini daʼvo qilar edi, ammo Armaniston Prezidenti Serj Sarkisyan 2013 yil sentyabr oyida Moskvada Putin bilan uchrashganidan soʼng, toʼsatdan oʼz fikrini oʼzgartirdi va Armaniston Bojxona ittifoqiga, keyin esa Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʼshilishini eʼlon qildi. Vaholanki, uchrashuvdan ikki oy oldin, Vilnyusda, Armaniston va Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya kelishuvi imzolanishi rejalashtirayotgan edi. Endilikda esa, Armaniston, Yevropa bilan integratsiyalashuv yoʼlidan voz kechib, yangi tuzilgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʼshilgan yagona davlat boʼldi. Bunday qilishiga sabab, Moskva Armanistoning boshqa iloji yoʼqligini aniq koʼrsatgani deb boʼldi. Darhaqiqat, 2013 yil, sentyabr oyidagi Putin bilan uchrashuvdan bir necha kun oldin, Rossiyaning Yerevandagi elchixonasi birinchi kotibi, agar Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan Assotsiatsiya shartnomasini imzolasa, ularni “qaynoq kuz” kutishi bilan qoʼrqitgan edi. Armaniston Rossiya bilan yaqin aloqalari mintaqadagi xavfsizlik borasida qanchalik muhimligini bundan oldin ham bilar edi. Bosib olingan Qorabogʼ hududi va unga qoʼshni hududlarni ushlab tura olishi uchun, Rossiyaga bevosita bogʼliqligini bilar edi. Axir Ozarbayjon oʼzining neft boyliklaridan Armanistonni umidsiz ahvolda qoldira oladigan harbiy afzallik yaratish uchun ishlatayotganini kuzatib kelishayotgan edilar.” Bu voqeani qiziq tomoni, Armaniston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishiga qaramasdan, baribir oʻz “qaynoq kuzi”ga ega boʻldi. Toʻgʻri, 7 yildan keyin, lekin shunday boʻlmasligini oldini olish niyatida Yevrosiyo ittifoqiga kirishgan boʻlsa, ikkala narsadan mahrum boʻlishdi. Ham Yevropa bilan assotsiatsiya kelishuviga ega boʻlishmadi va aksincha ittifoqqa kirishdi, ham vaʼda berilgan xavfsizlikka ega boʻla olishmadi. Yaʼni Qorabogʻda baribir urush boʻldi. Xullas, tashqi siyosiy aloqalarda ham, birovlarni xatolaridan saboq olish, arzonroqqa tushadi, imho.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin