13K127Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

​​Nobel mukofoti sovrindori Duglas Nort, insoniyat tarixidagi barcha mamlakatlarni rivojlanish tarixni o’rganib chiqqan iqtisodiy tarixchi. Uning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, rivojlangan mamlakatlar rivojlanmagan mamlakatlardan uch shartli omilning bajarilishi bilan farq qiladi. Birinichi shart, rivojlangan mamlakatlarda elitalar o’zlari uchun istisno emas, balki qonun yaratishadi. Ya’ni qonun bu elitalarni qandaydir konsensus fikri. Rivojlanmagan mamlakatlarda esa, qonun xalq uchun - istisnolar esa elitalar uchun. Ikkinchisi, tashkilotlar, ya’ni davlat tashkilotlari bo’ladimi, jamiyat tashkilotlari bo’ladimi, shaxsizlanishi. Ya’ni tashkilotlar ularni boshqaruvchi insonlar, shaxslariga ko’ra emas, balki institutsion vazni deb kuchli yoki kuchsiz deb tabaqalanadi. Uchinchisi, kuch ishlatish organlari jamoaviy nazorat ostida bo’ladi. Ya’ni rivojlanmagan mamlakatlarda elitalar kuch ishlatish organlarini ta’sir doiralarini bo’lishi uchun ishlatishadi. Rivojlangan mamkatlarda esa, kuch ishlatish organlarini - xalq, ya’ni parlamentlar nazorat qilishadi. Qisqasi kuch ishlatuvchi idoralar jamiyat nazoratida bo’lishadi. Bu shartlar rivojlanish uchun shartli omillar deyiladi - ya’ni bulardan biri bajarilmasa o’sha jamiyat rivojlana olmaydi. Nort o’zining tadqiqotlarida insoniyat tarixida har bir yetuk jamiyat shu omillarni barchasini bajarganini ko’rsatib bergan. Shuningdek, har bir rivojlanmagan mamlakat qaysidir omilni bajarmagan. Nortning biografiyasi: https://www.nytimes.com/2015/11/25/business/economy/douglass-c-north-nobel-laureate-economist-dies-at-95.amp.html

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin