12K20Telegramda ochish

Mirkonomika kanalidan

Tashqi savdo statistikasi bo’yicha ba’zi savollar: Statistika qo’mitasining mana bu yerdagi joriy yilning 5 oy uchun ma’lumotlariga ko’ra tabiiy hamda sun’iy gaz eksporti joriy yilning yanvar-may oylarida 143 mln dollarni tashkil etgan hamda bu ko’rsatgich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 27% ga kamaygan. Lekin mana bu yerdagi 2020-yil yanvar-may oylari uchun tashqari savdo statikasida tabiiy hamda sun’iy gaz eksporti 311 mln dollarni tashkil etganligi berilgan. Agar 2020-yil 5 oyida gaz eksporti 311 mln dollarni tashkil etgan bo’lsa unda 2021-yilgi ko’rsatgich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 55% ga kamaygan bo’lishi kerak edi, lekin statistika qo’mitasi bu yilgi ko’rsatgichlarni o’tgan yilga nisbatan 27% ga kamayganligini qayd etmoqda. Cho’yan hamda po’lat eksporti hajmi 2021-yilning 5 oyida 56,1 mln dollarni qayd etgani hamda bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 91% ga ko’proqligi keltirilgan. Lekin 2020-yilning mos davri uchun statistikada cho’yan hamda po’lat eksporti 63.6 mln dollarni tashkil etganligi berilgan. Agar 2020-yilda berilgan statistika to’g’ri bo’lsa, unda cho’yan hamda po’lat eksporti 91% ga oshgan emas balki 12% ga kamaygan bo’lishi kerak edi. Ruda bo’lmagan qazilmalardan tayyorlangan mahsulotlar eksporti hajmi joriy yilda 47 mln dollarni tashkil etgan hamda bu ko’rsatgich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 26,2% ga kamayganligi qayd etilgan. Lekin 2020-yilning mos davri uchun berilgan statistikalarda ruda bo’lmagan qazilmalardan tayyorlangan mahsulotlar eksporti hajmi 29.4 mln dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. Agar 2020-yilgi ma’lumotlar to’g’ri bo’lsa bu turdagi mahsulotlar eksporti hajmi joriy yilning 5 oyida 26.2% kamaygan emas balki 59% ga oshgan bo’lishi kerak edi. @Mirkonomika

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin