Mirkonomika kanalidan
Gaz eksporti to’xtagani yo’q, balki jadal o’sib bormoqda.
Toshkent viloyati faollari bilan navbatdan tashqari sessiyada uchrashgan davlat rahbari eksport borasidagi yutuqlar haqida to’xtalib, hozir gazni ham, paxtani ham eksport qilmayotganligimizni ta’kidladi.
Ammo rasmiy statistikaga e’tibor qaratsak ko’rishimiz mumkinki, gaz eksporti so’ngi ikki yilda faqat va faqat oshib bormoqda. Xususan, 2021-yilda mamlakatimiz 717 mln dollar qiymatdagi tabiiy hamda su’niy gaz eksport qilgan bo’lib 2020-yil bilan taqqoslaganda eksport hajmi qariyb 50% ga oshgan. Joriy yilda esa gaz eksportining o’sish tempi yanada tezlashgan. Xususan, 8 oyda 646 mln dollarlik tabiiy gaz eksport qilingan bo’lib, o’tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda o’sish tempi 61% ni tashkil etgan.
Nafaqat xalqqa balki davlat rahbariga ham to’g’ri va muassal ma’lumotlar yetkazilmayotgan ko’rinadi.
@Mirkonomika