Iqtisodchi Kundaligi kanalidan
O’qimoqchi bo’lgan kitobim, “Yamoqlardan To’qilgan Leviafan”. Bilasiz, deyarli barcha kambag’al mamlakatlarda davlat idora va tashkilotlari samarasiz va korrupsiya botqog’iga botkan bo’ladi.
Hatto rivojlangan dunyoda ham, davlat tashkilotlari va idoralari yetarli darajada jamiyat tomonidan nazorat qilinmasa, Xobbsning Leviafanga aylanadi degan fikr bor (1).
Kitobni nomlanishi zo’r deb o’ylayman, ya’ni “yamoqlardan to’qilgan Leviafan” deb, kambag’al mamlakatlarda, nisbatan samarali boshqaruvni olib borilishi haqida va shu nisbatan unchalik yomon ishlamaydigan davlat tashkilotlari haqida so’z borar ekan. Chindan ham, bir xil qashshoq mamlaktlarda, deylik shartli Kubada, bolalar o’limlari unchalik katta emas. Bir xil janubiy sahara mamlakatlarida ham, masalan yetarli darajada vaksinatsiya natijasida chaqaloqlar o’limlari oxirgi o’ttiz yilda keskin kamaydi. Shunday narsalarga javobgar boshqaruv va tashkilotlar qiziqdek. Bu kitobda spetsifik makon va vaqt haqida gapiriladi, lekin umumiy shu g’oya menga qiziq. Ya’ni qanday qilib kambag’al mamlakatlarda, nisbatan normal ishlaydigan davlat tashkilotlari ishlashi mumkin. Bu savol haqida bir ikki o’ylayman ham. Masalan, qo’shni Afg’onistondagi aloqa va internet kabi narsalar yomon ishlamas ekan, shunday infratuzilmani qanday qilib amalga oshirishlarini bilmayman - boshqaruv qanday, nega korrupsiyalashmaydi, nima uchun nisbatan samarador faoliyat davomli va barqaror, buning rag’batlarini ildizi qayerda degan savollar menga qiziq.
Xullas, spetsifik makon va tarix haqida bo’lsa ham, Yamoqlardan to’qilgan Leviafan haqida o’qigim keldi. Siz ham o’qing deb ilindim.
(1) - Xobbsga koʻra, suverening mutlaq kuchi bevosita yoki bilvosita tuzilgan ijtimoiy kontraktdagi boshqariladiganlarning roziligi bilan olinadi, yaʼni boshqariladiganlar shartli va gipotetik ijtimoiy shartnomada tinchlik va xavfsizlik evaziga barcha masalalarda suverenga boʻysunishga rozi boʻlishdi.