18K24Telegramda ochish

"Trastbank" XAB Axborot xizmati kanalidan

“Trastbank” korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ISO 37001 xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi “Trastbank”da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, “Trastbank” ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, O‘zbekistonda bank tizimida birinchi bo‘lib ushbu sertifikatga ega bo‘ldi. ISO37001 tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standartdir. Uning talablarini amaliyotga tatbiq etishdan maqsad – xodimlarning halolligini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, aholiga bank xizmatlari ko‘rsatishning shaffof va samarali tizimini yaratishdan iborat. 👉 Bank faoliyatiga doir yangiliklardan xabardor bo'lish uchun kanalga a'zo bo'ling: @trastbank_press

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin