18K67Telegramda ochish

Uzbekonomics kanalidan

2-3 hafta bu yerda hech narsa yozmaganim uchun o’qish va tushunish qobiliyatim susaygan shekil. Ushbu maqolani 3 marotaba o’qisam ham iqtisodiyotimizga liberalizatsiyaning qanday risklari mavjud ekanligi haqida tushunmadim. To’g’risi. https://www.gazeta.uz/ru/2022/03/26/risks Aytilgan shunday risklardan biri adashmasam bu - iqtisodiyotni erkinlashtirish va ish o‘rinlari yaratish masalalari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash zaruriyati ekan. Ya’ni savdoni liberallashtirish va iqtisodiy integratsiya amalga oshirilsa ishchi o’rinlari xavf-xatarga uchraydigan bo’lib chiqyaptimi? Nega ikkalasi bir biriga qarshi omillar bo’lishi kerak? Geografiya tilga olingan qismida esa men o’qishni to’xtatdim…. Umuman olganda, maqolani chetga surib turadigan bo’lsak, savdo liberalizatsiyasi va iqtisodiyotni erkinlashtirish kerak-mi kerak emasmi, uning xatarlari qanday, keling shoshmaylik, ehtiyot bo’lish kerak, geosiyosatni o’ylaylik, ishchi o’rinlari nima bo’ladi, vahokazo vahokazo argumentlarni haligacha (kalendarda 2022-yil) eshitish menga shaxsan g’alati. Kompartiya bayonoti yozilgan kasetasini juda ko’p marotaba o’ynatdik, tingladik. Vaholanki, kasetalar ikki avlod ortda qolib ketgan texnologiya…. @uzbekonomics

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin