15K36Telegramda ochish

Mirkonomika kanalidan

Yanvar-may oylaridagi ko’rsatgichlarga ko’ra dizel ishlab chiqarish hajmi o’tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 30% ga kamaygan. Bir jihat muhimki, dizel ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning yanvar-may oylarida ham 2020-yilning mos davri bilan taqqoslaganda qariyb 30% ga kamaygan edi. Boshqacha aytganda besh oylik hisobda qaraganda dizel ishlab chiqarish hajmi oxirgi ikki yilda taxminan 50% ga kamaygan. Ulkan umidlar bilan qurilgan zavod ishga tushganligi esa dizel ishlab chiqarish hajmida qandaydir ijobiy o’zgarishga sabab bo’layotganligini hozircha ko’rayotganimiz yo’q. Zavod ishga tushayotgan vaqtda yiliga 724 ming tonna dizel ishlab chiqarishi hamda, buning natijasida mamlakatimiz dizel importiga qaramlikdan qutulishi kutilayotgan edi. Lekin negadir dizel ishlab chiqarish hajmi oshayotgani yo’q balki jadal suratlar bilan kamayib bormoqda. @Mirkonomika

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin