18K57Telegramda ochish

Mirkonomika kanalidan

Reeksport keskin oshgan. 2022-yil tashqi savdo statistikasida bir nechta anomal tendensiyalar kuzatilgan edi. Xususan, Energiya generatori mashinalari va asbob-uskunlalari eskporti 2022-yilda 173 mln dollarni tashkil etib 2021-yilga nisbatan 5,8 barobarga o’sgan. Yuqoridagi hamda boshqa bir qancha tovarlarning eskporti noodatiy tarzda to’satdan yuqori suratlarda o’sishi ko’pchilikda savol tug’dirgani tabiiy. Gap shundaki, biz hech qanday energiya generatorlari yoki boshqa eskporti anomal tarzda o’sgan tovarlarning ishlab chiqaruvchisiga aylanganimiz yo’q(katta ehtimol bilan). Shunchaki bu tovarlarni Rossiyaga to’g’ridan-to’g’ri olib kirishning imkoni bo’lmaganligi sababli O’zbekiston orqali reeksport bo’lib Rossiyaga kirib borgan bo’lishi mumkin. Xususan, 2022-yilda mamlakatimizdan reeksport bo’lgan tovarlarning umumiy qiymati 915 mln dollarni tashkil etgan(umumiy eksportning qariyb 5%i). Ta’kidlash kerakki reeksport 2021-yilga nisbatan qariyb 3 barobarga hamda 2020-yilga nisbatan 9 barobarga o’sgan.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin