16K46Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! Barchangizni shu ulugʻ ayyom bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Dunyodagi eng muqaddas narsalardan biri bu erkinlikdir, shuning uchun vatanimiz mustaqilligi va suvereniteti xalqimizga berilgan eng qimmatbaho neʼmat ekanligini hech unutmasligimiz kerak. Bu bayramning qadrini bugungi kunda dunyoda sodir boʻlayotgan voqealarga qarab bilish mumkin. Bugun biz oʻz mustaqilligimizni xursandchilikda nishonlayotgan bir paytda, dunyoda qanchadan qancha oʻz hurriyati uchun kurashib kelayotgan xalqlar bor. Ukrainaliklar ustiga har kuni bombalar tushmoqda, ular vatanlarini har bir qarichi uchun qon to’kib, erkinlikka erishmoqdlar. Bizga ularni taqdiri tushsa nima bo’lar edi degan savol bergim kelmaydi o’zimga. Lekin tafakkur qilish kerak. Uygʻuristonda minglab odamlar oʻzining haqlaridan marhum qilinmoqdalar. Afg’onistondagi vahshiyliklarga oid xabarlarni ko’p eshitib o’rganib qolgan bo’lsak-da, betaraf bo’lish qiyin. Shu va boshqa misollarni koʻrganimizda biz mustaqil boʻlganimiz qanchalik muhim va qadrli ekanligini unutmasligimiz kerak. Mustaqillikka erishish jarayoni og’riqsiz bo’lgan bo’lsa ham, mustamlakachilar yaratib ketgan elita qolib ketgan bo’lsa ham, bunday baxt nasib etmagan millatlar bor. Toʻgʻri, bizda juda koʻp yechilmagan muammolarimiz mavud. Lekin siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va qonuniy muammolarimizni biz, bir jamiyat, bir xalq sifatida oʻzimiz muhokama qilib va oʻzimiz ochiq va erkin hal qila olishimiz imkoniyati paydo bo’lishi mumkinligi juda bir katta baxt deb oʻylayman. Bir narsani unutmasligimiz kerak, erkinlik uchun doim harakat qilishimiz lozim, erkinlik uchun doim kurashishimiz lozim. Erkinlik shunday muhim va noyob narsaki uni barchamiz himoya qilishimizni va ayashimizni talab etadi. Erkinlikdan boshqa ixtiyoriy narsani ustuvor qoʻygan xalq, ham erkinligini, ham oʻsha erkinlikdan afzal deb tanlagan narsasini yoʻqotadi. Biz shunday xato qilmaymiz degan umiddaman. Mustagiligimiz va shu tariqa erkinligimiz bundan ham mustahkam boʻlsin. Oʻz kelajagimiz qanday boʻlishini faqat oʻzimiz, birgalikda, demokratiya va ochiqlik sharoitida belgilashimiz nasib qilsin. Bu vatan barchamizniki, vatanimiz erkin boʻlishini taʼminlash ham barchamizning zimmamizda. Bayram muborak aziz yurtdoshlar!

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin