Iqtisodchi Kundaligi kanalidan
Professor Isa Hafalir bilan suhbatdagi asosiy mavzu qanday qilib auksionlar tashkil etish va shaffof xususiylashtirish haqida edi.
Isa Hafalir, auksionlar nazariyasi boʻyicha dunyodagi yetakchi mutaxassislardan. Hozir Sidneydagi Texnologiya Universitetida iqtisodiyot professori. Bundan oldin, uzoq yillar davomida Karnegi Mellonda (Carnegie Mellon)da ishlagan.
Iqtiboslar:
Behzod: ... iqtisodchilar bunday auksionlarni “goʻzallik tanlovi” deb atashadi. Ularda hukumat byurokratlari oʻtirib, koʻzlariga yoqqan sotib oluvchini tanlab, “ana oʻshanisiga beramiz ” deb tanlashadi.
Isa Hafalir: Bu korrupsiyaning bir turi xolos.
Behzod: Ha, bir soʻz bilan — bu korrupsiyani turi. Lekin odamlar koʻz oldida esa siz oʻsha mulkni tanish odamni vaʼdalari evaziga berasiz -sarmoya kiritish vaʼdalariga. Yaqinda boʻlgan misolni aytib beray. Oʻzbekistonda muzlatgich zavodi auksion orqali nol narxda bir xaridorga berildi va masalan 50 million sarmoya kiritish sharti bilan. Oʻsha byurokratdan nega bunday qildingiz deb soʻrasangiz ular aytishadi: “agar biz adolatli narxda zavodni butunlay sotib yuborsak birinchidan, xaridorni uzoq muddatdagi maqsadlarini bilmaymiz — zavodni saqlab qoladimi yoʻqmi. Ikkinchidan, ishchilar sonini qisqartiradimi yoʻqmi, uchinchidan esa qancha sarmoya kiritishini qayerdan bilamiz?“ deb javob berishadi. Siz bunga nima deysiz?
Isa Hafalir: Bunday xaridlar muhiti qiyin masala. Xuddi men bir narsani qilishim kerak va menga shuni qilib beradigan kimdir kerak degandek — xaridorlar shu ikkala masala orasida arosatda qolib ketadilar. Ularning barchalari bir xil loyiha taqdim eta olishmaydi (chunki oʻlchov metodi nomaʼlum). Bu degani, birisi men buni qilishim kerak desa ikkinchisi boshqa narsani qilishim kerak deb oʻylaydi va ular oʻrtasida farq bor. Menimcha aynan shuning uchun ham oʻsha “goʻzallik tanlovlari” uyushtiriladi (solishtirish noshaffoligi uchun).
Behzod: Qandaydir vaziyatda ular (“goʻzallik tanlovlari”) yaxshi boʻlishi mumkinmi? Qanday vaziyatda ular oʻzini oqlashi mumkin?
Isa Hafalir: Bu xayrli maqsadda tashkil qilinsa yaxshi boʻlishi mumkin. Yaʼni agar ular (byurorkratlar) buni oʻz shaxsiy manfaatlarini koʻzlab emas balki barchani foydasini koʻzlab qilishayotganini bila olsangiz. Lekin bu yerda muhimi — buni tekshirishni iloji yoʻq.
Behzod: Nazariy jihatdan gapirsak. Aytaylik, oʻsha “goʻzallik tanlovi” ketyapti — juda xayrli maqsadda. Masalan, osmondan farishta tushib auksion uyushtiryapti. Bu yerda “goʻzallik tanlovi” orqali erishsa boʻladigan eng yaxshi koʻrsatkichi yaxshi auksion natijalariga teng boʻladi toʻgʻrimi? Farishta oʻtkazgan “goʻzallik tanlovi” natijalari odamlar tuzgan oddiy auksiondan yaxshiroq boʻla olmaydi.
Isa Hafalir: Koʻp narsaga bogʻliq. Farishta muammosi shuki, u kelishidan oldin shaffof tarzda qaysi talablarga asosan tanlov uyushtirilishini aytishi kerak. Shuningdek farishta ularga (agentlarga) goʻzallik tanlovida asosan qaysi auksion formatini qoʻllashini aytsa uning oʻzi oddiy auksion formatiga aylanib qoladi va bir xil natijani beradi. Koʻp vaqtlarda shu yuz beradiki, auksion oʻtkazuvchilarning xohishlari nomaʼlum boʻladi. Shuning uchun auksionlar adolatli va toʻgʻri amalga oshirish uchun barcha kriteriyalar va muhimi baholash usuli shaffof boʻlishi shart. Shunda sizga kriteriyani (auksiondan oldin) aytsam siz turli xil takliflar bilan yonimga kelasiz (va men ularni solishtira olaman).
Misol uchun, kimdir oʻsha nol narxda olib 50 million sarmoya kiritaman deb kelsa, boshqa biri 10 million sizga tutqazib lekin faqat 30 million sarmoya kiritaman deydi. Shu holatda siz aniq va shaffof kriteriyalarni (auksiondan oldin) bera olsangiz xaridorlar bir birlari bilan raqobatlashishni boshlashadi. Aksincha boʻlsa raqobat boʻlmaydi. Yaʼni, sizning maqsadingiz raqobat borligiga ishonch hosil qilishingiz kerak qolgan ishni raqobatning oʻziga qoʻyib beraversangiz boʻladi.
Behzod: Xulosa qilsak, demak oʻsha “goʻzallik tanlovining” eng yaxshi natijasi baribir auksion natijasiga teng. Yaʼni oʻsha birinchi ijtimoiy farovonlik teoremasi kabi natija boʻlyaptimi?
👇
https://youtu.be/iUoEjPodMHo