2K5Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

“Joriy yilning yanvar – iyun oylarida oʻzlashtirilgan toʻgʻridan– toʻgʻri xorijiy investitsiyalar — 3,2 mlrd dollarni tashkil etdi” — degan xabarni oʻqidim. Bu raqamlar nihoyatda quvonarli, chunki agar solishtiradigan boʻlsak, butun 2019 yil davomida toʻgʻridan – toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 2.28 mldr dollarni tashkil etgan edi. 2018 yilda, esa, butun yil davomida toʻgʻridan – toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi atigi 624 million dollarni tashkil etdi. Dunyo iqtisodiyotidagi eng qiyin yilda, bizda toʻgʻridan – toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning 6 oydagi hajmi, oʻtgan yilning butun 12 oyidan koʻra koʻproq boʻlibdi! Bu raqamlarni yana hayratlanarli joyi shundaki, 19 May kuni Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi chiqargan hisobotda, Oʻzbekistonda butun 2020 yil davomida kutilayotgan va prognoz qilingan toʻgʻridan – toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 750 million dollar atrofida baholangan edi. Lekin xabarlarga ko’ra, iyunni oxirigacha hisoblaganda, toʻgʻridan – toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi XVJ yil davomida prognoz qilgan raqamlardan 4.2 (!) barobar koʻp boʻldi. Hali yarim yilimiz oldinda! Yaʼni agar XVJ progonzlariga ishonsak, bizda toʻgʻridan – toʻgʻri xorijiy investitsiyalar 6 oyda 375 million boʻlishi kerak edi (agar investitsiyalar yarim yilliklararo teng taqsimlansa). Bu degani, bizdagi real raqamlar XVJ prognozlaridan salkam oʻn (!) barobar koʻproq bo’libdi. Koronavirusdan oldin O’zbekistonda, 2020 yildagi iqtisodiy o’sish 6% kutilayotgan edi. Bugunga kelib esa, prognoz 1.5% deb belgilandai. Bu degani, koronavirus tufayli iqtisodiy o’sish kutilmalari 4 barbobar yomonroq bo’ladi. Ya’ni koronavirus iqtisodiyotimizga katta ta’sir o’tkazdi. Bu joyda tabiiy savol tugʻiladi: nima uchun bizda toʻgʻridan – toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi oshib boryapti? Butun rivojllanayotgan dunyoda bu raqamlar tushib kelyapti, investorlar rivojlanayotgan bozorlarga ishonishmayapti, lekin bizda hammasi o’tgan yildan ham yaxshi. Hatto XVJning yillik prognozlarini, yarim yilning oʻzida 4.2 barobarga koʻproq qilib qoʻyibmiz. Buni siri nimada? Bu “Oʻzbek modeli” ishlayotganini amaldagi isbotimi? Shu haqida maqolalar kimdir yozdimi? Menimcha izlanish qilishga qiziq va arziydigan mavzu, butun dunyo investitsiyalar bilan qiynalayotgan bir paytda, bizdagi raqamlar chuqur oʻrganishni talab etadi.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin