12K79Telegramda ochish
Тугалланмаган амнистия Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер майдонларида қурилган иморатларга эълон қилинган «амнистия»дан фойдаланганлар ёзишмоқда: "Otabek aka, shu masalada juda qiynalib ketdik, men 2019 yilda uyimizga kadastr qildirdik, bu Prezident tomonidan e'lon qilingan aksiyadan foydalanib qilindi, barcha to'lovlarni amalga oshirdik. 5 yillik soliq dedi, uni ham toladik, 2020 yil ham yer va mol mulk soligiga 650 ming to'ladik. Lekin bu yil uchun soliq yerga 3 barobar koproq to'lash kerakligini aytib kvitansiya berishdi, sababi so'ralsa, Yer uchun Qaror yoq deyishdi, kadastr bor, Hokim qarori yoq, bu yilgi soliqlar 1 mln 900 ming deb berib ketishdi. Hokimlikka borsak, bizdan qaror berish huquqini olib qoyishgan, yerga qaror bera olmaymiz deyishadi, kadastrga borsak bizda bunaqa vakolat yoq deyishdi, Soliqchilar esa Qaror so'ravotti, 2 oydan beri sarsonmiz. Hullas, kambag'alni tuyani ustida ham it qopadi degan gap rost ekan, kadastr hujjati qilganlarga otni kallasidek soliq, hali ham hujjatsiz uylar uchun soliqlar yoq, ajab zamon boldi. Manziilim: Angren shahar Qiziltog' qo'rg'oni. Bizda shunaqa muammo bilan sarson bo'lgan 400 dan ortiq xonadon bor. @M.Saidiy" 3 йил аввал эълон қилинган амнистиция бўйича жараёнлар ҳалиям якунланмагани ажабланарли. Қолаверса, 2021 йил августдан бошлаб ҳокимларнинг ер ажратишга нисбатан ҳуқуқлари бекор бўлган, нега бу қоидалар орқа санага тадбиқ этилмоқда. Ўғри ва муттаҳам олигархларга келганда мингта лазейка топилган бўларди. Агар бу ерларни сотиш ҳокимларга манфаатли бўлганида униям эплашарди. Қонунга итоаткор фуқарога келганида эса "кафкачасига" абсурд процесс бошланади.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin