22K57Telegramda ochish
Хўжақулсин қишлоғи эсинглардами? Телефон антеннаси йўқ ва лойкўчаларга тош ва қум тўкиб бериш сўралган Хўжақулсин қишлоғининг лойиҳаси 5- ўринни олипти ва молиялаштириладиган лойиҳалар қаторига қўшилипти. Мана лойиҳа муаллифи нима деб ёзмоқда: "Bizning tashabbusimiz yutib chiqdi. Shuncha odamimiz kam bo'lishiga, qishloqda antenna chiqmasligiga qaramay, tog'lar orasidagi bir qishloq jipslashib harakat qilib yutib chiqdi. Hamma tanishlariga telefon qilib, boshqa mahalla, qishloqlarni aylanib ovoz yig'ib chiqdik. Odamlarimiz necha martalab bu yo'lda qiynalishgan, selda, loyda mashina yura olmay yo'lda qolib ketishgan. Kasallarimiz kasalxonaga yeta olishmagan. Lekin endi u kunlar ortda qolsa kerak. Qishloqda faqat UAZ yoki Nivadan boshqa mashinalar ham paydo bo'ladi endi nasib😉. Bugun butun qishloq xursand. Rahmat hammalaringizga!!!". https://t.me/the_bakiroo/4427

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin