15K58Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

​​Matematika Olimpiadasida Oʻzbekiston bitta bronza olibdi! Lazizbek Rajaboevni tabriklayman! Barcha ishlarida omad tilab qolaman! Bu olti oʻquvchimiz bizni iftixorimiz va gʻururimiz. Lazizbekka Nanyang Texnologiyalar Universitetiga topshirishni tavsiya qilar edim — olimpiadada medal olganlarga oʻqish mutlaq tekin. Sharoitlar zoʻr. Fakultetlar koʻp. Lekin shu olimpiada masalasida yozmasam boʻlmaydi — oxirgi yillarda sharoit ancha yaxshilangan, lekin Oʻzbekistonlik fan olimpiadachilarining sharoitlari va imkoniyatlari qoʻshni Qozogʻistonliklarnikidan ancha ancha kam. Bu rasmda mustaqillikdan soʻng medallar soni koʻrsatilgan. Biz Qozogʻistondan ancha orqadamiz. Hattoki ancha kichik Ozarbayjon va Belarusdan ham. Ukrainani esa gapirmasak ham boʻladi. Men maktabni bitirayotgan paytimda ahvol juda oʻgir edi: pul topish juda qiyin edi. Menga oʻsha yillardagi oʻquvchilar aytishgani boʻyicha, Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi ayrim mamlakatlarda boʻlgan olimpiadalarga borishni taqiqlagan edi. Masalan Argentina, Kolumbiya va Janubiy Afrikada (2012-13-14) boʻlgan olimpiadalarga jamoamiz bormagan. Oʻsha payt ikkita nazariya bor edi: biri rostdan ham TIVgi taqiq qoʻygan (tentaklik), ikkinchisi esa, 6 ta bilet olib berish shunchalar qimmatlik qilganki, taʼlim vazirligi TIVni bahona qilib ishlatgan (qizgʻanchiqlik). Men asl sababini bilmayman, lekin 5-6 yil shu olimpiadaga tayyorlangan oʻquvchilar qatnasha olishmagani— adolatsizlik edi. Fan olimpiadalari sport olimpiadalaridan ham battar — inson umrida deyarli faqat bir marta borish imkoni bor xolos (maktabni bitirguncha). Bora olmaslik juda yomon narsa. Yaʼni oʻsha “qorongʻi tush” zamonidan hozir sharoitlar yaxshiroqligini eʼtirof etish kerak, samoletga chiptalar ham bor, boshqasi ham, lekin baribir koʻproq resurs kerak. Qozogʻiston jamoasi masalan, oʻzini yigʻilishlarini (sbor) chet el mamlakatlarida oʻtkazadi, eng zoʻr domlalar bilan ishlaydi. Fan olimpiadalariga aslini olsa koʻp resurs ajratilishi kerak emas, lekin samarasi juda baland boʻladi. Oʻylaymanki, agar shu masalaga koʻproq resurs ajratsak — koʻp bolalarga motivatsiya boʻladi va ishtirokchilar koʻpayadi. Koʻproq resurs deganimda, yutganlarga qimmat sovgʻalar emas, borishdan 3-5 yil oldin tayyorlash, saralash va oʻqitish jarayonlarini isloh qilishni nazarda tutyapman.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin