3521Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

​​Oʻtgan yili kun.uz jurnalisti Alisher Roʻzioxunov bilan suhbat qilgada, Alisher Oʻzbekistonliklar va AQShliklar iqtisodiyotni tushunishi bir xil darajadami deb soʻragan edi. Men aniq javob bermaganman, chunki aniq javobim yoʻq edi. Oʻshanda, Oʻzbekistonliklar iqtisodiyotni yaxshiroq bilishi mumkin ham deb aytgan edim. Xullas boyagi Alisherning savoliga endi javobim bor. “Iqtisodiy oʻsish — iqtisodiy savodxonlikni oshiradi, lekin iqtisodyotning darajasi savodxonlikni oshirmaydi.“ Yaʼni tez iqtisodiy oʻsish boʻlgan mamlakatlarda, jamiyat iqtisodiyot qonunlarini yaxshiroq biladi. Hatto mamlakat kambagʻalroq boʻlsa ham, lekin oʻsish boʻlsa, savodxonlik oshadi. Mamlakat boy boʻlib, oʻsish boʻlmasa, savodxonlik darajasi tushadi. Oila va inson darajasida ham shunday ekan, daromadi oʻsib borayotgan inson yoki oilalarda, iqtisodiy qonuniyatlarni tushunish darajasi oshib boradi, daromadlari tushayotgan odamlarda yoki oilalarda esa, iqtisodiy anglash darajasi kamroq boʻladi. Masalan, kambagʻal mamlakatdan kelgan immigrant oilaning daromadlari oshgani uchun ular iqtisodiy qonuniyatlarni yaxshiroq tushunishar ekan. Lekin yuzlab yil boy boʻlgan, lekin hozirda daromadi tushayotganlar, masalan Kennedilar oilasi iqtisodiyotni yaxshi tushunmasligi ehtimoli balandroq ekan. Masalan, oxirgi 30 yilda Polsha juda tez oʻsdi, bu nazariyaga koʻra Polshaliklar iqtisodiyotni yaxshiroq tushunishadi. Oxirgi 30 yilda Italiya deyarli oʻsmadi. Italiyaliklarni daromadi Polashaliklarnikidan hozir ham koʻproq boʻlishiga qaramasdan, Italiyaliklarni iqtisodiy savodxonlik darajasi pastroq boʻlishi kerak. Menimcha bu nazariya juda toʻgʻri. Bilasizmi, Yevropada (koʻproq), Yaponiyada (koʻproq) va AQShda (kamroq) oxirgi payt kommunistik gʻoyalarni siyosatchilar aytishi aynan ularda oxirgi yillarda iqtisodiy oʻsish surati baland boʻlmaganligidan boʻlishi mumkin. Bundan oldin ham yozgan edim, masalan Singapur hukumati vaziri, xuddi iqtisodchi olimlardek iqtisodni yaxshi tushunadi, lekin oʻrtacha Yevropa vaziri iqtisodiy qonuniyatlarni yaxshi tushunmaydi. Bu jamiyatlar demokratik boʻlgani uchun, Singapur jamiyati ham, oʻrtacha Yevropa jamiyatidan iqtisodiy savodxonlik darajasi yuqoriroq boʻlganidan boʻlishi mumkin deb taxmin qildim. Shaxsan men uchun, bu nazariya juda juda chuqur. Men bir necha bor fikrladim shuni ustida, men kuzatgan koʻp savollarga yaxshi javob boʻldi. Koʻpincha bir xil odamlarni tentaklikda ichimda ayblagan edim, xato qilibman, o'sha insonlardan shu narsani kutsa boʻlar ekan. Umuman olganda psixologlar iqtisodchilarga shunday dars berishlari muhim, axir tepadagi nazariya inson psixologiyasini oʻrganishdan kelib chiqqan. Endi shu nazariyaning Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun boʻlgan alomatlari haqida keyingi postda yozaman. (1/n)

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin