10K32Telegramda ochish

Iqtisodchi Kundaligi kanalidan

Uyat Yodgorligi. AQShliklar va rivojlangan mamlakatlar jamiyatini bir qiziq xislati bor. Ular tarixga qaraganda nafaqat buyuk gʻalabalarini, balki uyatli voqealarini ham eslashadi. Menimcha ular shu jirkanch, xunuk va uyatli tarixiy hodisa va voqealarini eslab bu haqida doim gapirishligi, aslida ularning buyuklik va kuchliligini yaqqol koʻrsatadi. Muhimi, kelajakdagi bunday xatolarga yoʻl qoʻymasligini taʼminlaydi. Bu rasm, Boston shahridagi monumentdan. Oldidagi planda, ochlikdan oʻlayotgan Irlandiyaliklar, orqa planda esa, “toʻq” amerikaliklar oilasi. Bu haykalni maʼnosi, oʻn toʻqqizinchi asrda ochlikdan qochib kelgan Irlandiyaliklarni kamsitilganligi, va ularga yordam bermaganliklarini yod olishda. Buni aslida “Uyat Yodgorligi” deb atasa boʻladi. Bu monumentni maʼnosi, tarixdagi juda uyatli va jirkanch ishni qilgan hamyurtlarini, ota-bobolarini qilmishlarini yod etish. Xuddi shunday, AQShning deyarli barcha shahar va qishloqlarida, qullik tizimi, va shunga bogʻliq boʻlgan erksizlik va zoʻravonliklarni yod etuvchi minglab monumentlar bor. Ular ham, tarixdagi xunuk va jirkanch hodisalarni keyingi avlodlarga koʻrsatish uchun barpo qilingan. Qora tanliklar qiynalganini yod etish maxsus oyligi ham keng oʻtkaziladi. Qullik va erksizliklarni aks ettiruvchi muzeylar, barcha katta shaharlarda mavjud. Aytmoqchi boʻlganim, ular tarixdagi qilgan xunuk ishlari ustida, jamiyat sifatida xatolar ustida ishlash jarayonini uzluksiz oʻtkazishadi. Tarix haqida, va tarixdagi xunuk ishlar haqida doim gapirishadi, va uyatli ishlarini koʻrsatadigan monumentlarni shahar markazlarida barpo etishdan tortinishmaydi. Bolalariga tarix darslarida, bundan oldingi Amerikaliklar sodir qilgan shafqatsizlik va jinoyatlar haqida ochiq oydin gapirishadi. Shunday narsalarni men koʻrsam, bizdagi yaqin tarixni eslayman. Bizda ham, 30 yillarda boʻlgan voqealarga atalgan bir nechta shunday monumentlar kerak. Oʻsha ota-bobolarimizni otib oʻldirgan qotillarga, oʻz vatandoshlarini shpionlikda ayblab minglab xatlar yozgan odamlarga, shu uydirmalarga qoʻl qoʻygan sudyalarga, uydirmalarni oʻylab topgan tergovchi va ayblovchilarni ham qilgan ishlarini eslatuvchi monumentlar kerak. Shaharlarda yurib, oʻsha adolatsiz qotilliklarni eslashimiz uchun. Bizda qatagʻondan qurbon boʻlganlarga monument bor, tushunaman, lekin oʻsha narsani tashkil qilganlar ham oʻzimizdan ekanligini, va ular ham tariximizni qismi ekanligini aks ettiruvchi monumentlar yoki jamiyatda bir muloqot yoʻq. Koʻpchilik oʻylaydiki, qatagʻonni chetdan kelganlar qilgan deb, Stalin va Sobiq Ittifoqni ayblashadi. Toʻgʻri ularda aybni asosiy qismi, lekin, qotilliklarni amaliyotini, aksariyat hollarda shu diyorimizda yashaydiganlar qilishgan. Dovlatov aytgandek, millionlab “xat”larni oʻzimizni qorakoʻzlar yozishgan. Shuning uchun, oʻsha voqealarni milliy uyat hodisasi sifatida o'ylab ko'rsak ham bo'ladi.

Ko‘rsatkichda

Xaritada ko‘rish

Arxivda shunga yaqin