Iqtisodchi Kundaligi kanalidan
Shri Lanka haqida koʻp narsa bilmayman — qachondir sayohatga borish niyatim bor edi, u yerlik doʻstlar koʻp yillardan beri taklif qilib kelishganlari uchun bir ikki sayohat haqida maqolalar oʻqigan edim, videolar koʻrgan edim. Lekin 3 yil oldingi juda ayanchli terroristik aktdan soʻng u yerda nima boʻlyapti deb bir qiziqib oʻqishni boshladim va oʻzim uchun u yerlik bir ikki mualliflarni ham kashf etgan edim.
Shulardan biri iqtisodchi Amita Arudpragasam — bir necha yil oldin bu hukumat Shri Lankani inqirozga olib keladi deb yozib kelgan edi. U boshida populizm va millatchilikni tanqid qilib yozgan edi. Oʻtgan yili Amita bunday yozgan edi: “Iqtisodchilarni eshitmaslik va doimiy ravishda inson huquqlarini buzish — mamlakat uchun juda qimmatga tushadi”.
Keyin bahorda xulosaviy maqola yozdi u yerda, “kroni kapitalizm, proteksionizm va korrupsiya vayronagarchilikka olib keldi” degan satrlar ham bor edi.
Amitani maqolasiga qoʻshimcha bu maqolaga ham koʻzim tushgan edi — maqolani mualliflari Shri Lanka hukumati “organik” fermerlikka oʻtishi juda ayanchli xato ekanligini, pestitsidlar va sintetik oʻgʻitlarni olib kirishga importni cheklashga urinishlari gʻirt jinnilik boʻlgani haqida ham yozishgan edi. Oʻzi bu qaror qabul qilinishidan oldin, gʻarbdagi tentak “yashillar”dan boshqa, hech bir jiddiy odam bunday siyosatni toʻgʻri deb aytmagan edi, lekin Amita aytganidek, mantiq eshitiladigan joy emas edi.
Xullas oxiri xuddi shu maqolalar taqozo qilgandek boʻlib chiqdi: ochlik, valyuta nazoratiga urinish, norozilik va insonlar, ayniqsa fermerlarni kambagʻallashuvi. Lekin siyosiy inqiroz boʻlib bu siyosatlar tugashi aniq emas, endi keyingi hukumat faqat va faqat fermerlarga sunʼiy narx regulyatsiyasi va subsidiyalarni vada qilsagina hokimiyatga kela oladi — demak, optimist boʻlish qiyinroq.
- https://twitter.com/aarudpratwitter.com
- https://foreignpolicy.com/2019/11/27/gotabaya-mahinda-rajapaksa-ruin-sri-lanka-economy/foreignpolicy.com
- https://foreignpolicy.com/2021/09/27/sri-lanka-economic-crisis-food-shortages-emergency/foreignpolicy.com
- https://foreignpolicy.com/2022/04/28/sri-lanka-rajapaksa-protests-economy-corruption/foreignpolicy.com
- https://foreignpolicy.com/2022/03/05/sri-lanka-organic-farming-crisis/foreignpolicy.com